Ukraina Yevropadan 2 mlrd yevro olmoqchi
Olam
−
14 aprel 1681 2 daqiqa
Ukraina 2026 yilda Yevropa davlatlaridan jami 2 mlrd yevro harbiy yordam oladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Mixail Fyodorov o‘ining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belgiya va Ispaniya har biri alohida ravishda 1 mlrd yevrodan harbiy yordam ajratadi. Belgiya qo‘shimcha ravishda Ukrainaga F-16 Fighting Falcon qiruvchi samolyotlari va ular uchun ehtiyot qismlarini yetkazib berishga rozi bo‘lgan.
Shuningdek, Kiyev ittifoqchilari bilan havo hujumidan mudofaa tizimlarini kuchaytirish, dronlar ishlab chiqish va frontni uzoq masofali artilleriya bilan ta’minlash masalalarini muhokama qilgan. Bu yo‘nalishda Chexiya Prezidenti Pyotr Pavel ilgari surgan tashabbus – uchinchi davlatlardan katta kalibrli snaryadlarni xarid qilish dasturi ham muhim o‘rin tutadi.
Mixail Fyodorovнинг aytishicha, Ukraina Ispaniyaga o‘z dronlarini jang sharoitida sinovdan o‘tkazishni ham taklif qilgan.
Avvalroq, NATO bosh kotibi Mark Ryutte AQSH tomonidan Ukrainaga yetkazilayotgan qurollar Yevropa va Kanada tomonidan moliyalashtirilayotgani, 2026 yil davomida umumiy hajm taxminan 15 mlrd yevroga yetishini bildirgan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa mamlakatda havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketa yetishmasligi mavjudligini va har bir yangi harbiy yordam paketi uchun alohida muzokara olib borishga to‘g‘ri kelayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Zelenskiy Ukraina 1994 yilda xavfsizlik kafolatlari evaziga yadroviy quroldan voz kechish to‘g‘risida Budapesht memorandumini imzolab, shoshqaloqlik bilan noto‘g‘ri qaror qabul qilgani haqida aytgandi.
Live
Barchasi