Ukraina yetti oy ichida 1,6 ming dronga buyurtma berdi

Olam

image

Ukraina armiyasi “Dronlar armiyasi” loyihasi doirasida yetti oy davomida qiymati taxminan 90 million dollar bo‘lgan 1600 ta dron uchun shartnoma tuzgan. Bu haqda “Centralasia” nashri xabar berdi.

Ukrainaning Bosh vazir o‘rinbosari Mixailo Fyodorovning so‘zlariga ko‘ra, bu “biznes”ni yanada tezroq rivojlantirish va kengaytirishning imkoni mavjud. Shuningdek, ukrainaliklar dron ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, byurokratik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ish olib borayotganini alohida ta’kidladi. 

Ma’lumot uchun, Kiyev “Dronlar armiyasi” loyihasini 2022 yil yozida Rossiya harbiy amaliyoti fonida e’lon qildi. Bu loyiha dronlarni tizimli ravishda sotib olish, ularni ta’mirlash va tezkor almashtirishni o‘z ichiga oladi. Ukraina dastlab havodan razvedka qilish uchun 200 ta taktik darajadagi uchuvchisiz va minglab oddiy dronlarni sotib olishni rejalashtirgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukraina dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing