Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush ehtimoli bor — Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya bilan urush ehtimoli bor, bu esa Moskvaning “eng katta xatosi” bo‘ladi. Bu haqda u YES Brainstorming forumida so‘z ochgan.  

“Menimcha, buning ehtimoli bor. Bu eng yomon narsa, lekin, afsuski, bunday imkoniyat bor”, deb javob bergan siyosatchi Rossiya bilan keng ko‘lamli urush ehtimoli haqida berilgan savolga. 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, 2014 yilda Moskva bu yo‘nalishda “oldinga qadam” tashlagan, biroq ukrainaliklar vaziyatning noxush rivojlanishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. 

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiya tomonidan “kuchli eskalatsiya” ro‘y bersa, “boshqa hech qachon Rossiya, Ukraina, Belarus qo‘shnichiligi bo‘lmaydi”. 

Avvalroq, Zelenskiy o‘zini rus deb hisoblaydigan Donbass aholisi Rossiyaga ko‘chishi kerakligini, chunki ertami-kechmi mintaqa Ukrainaga qaytishini aytgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, Donbass mintaqasi Ukrainaning Donetsk va Lugansk hamda Rossiyaning Rostov viloyatlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu hududda 2014 yildan beri harbiy harakatlar davom etmoqda. Buning oqibatida shu vaqtga qadar 13 ming kishi halok bo‘lgan. 

Nizo bir tomondan Ukraina Qurolli kuchlari, ikkinchi tomondan ikki alohida o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari o‘rtasida bormoqda. Ushbu ikki hudud Ukrainadagi 2014 yilgi siyosiy inqiroz vaqtida vujudga kelgan.  

Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarining ikkisi ham na Ukraina va na jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan. Biroq, ularni Rossiya qo‘llab-quvvatlab kelayotgani ma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

425

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing