Ukraina va Rossiya besh oy deganda ilk marta asirlar almashdi

Olam

image

Ukraina 200 dan ortiq ukrainalik harbiylar va tinch aholini uyiga qaytardi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

Uning aytishicha, askarlar, serjantlar, ofitserlar – Ukraina Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya, Harbiy-dengiz floti, chegarachilar Rossiya asirligidan ozod qilingan. Ulardan ba’zilari Mariupol va Azovstaldagi janglarda qatnashgan.

“Ukraina 230 nafar ukrainalik harbiy va tinch aholini asirlikdan uyiga qaytardi - bu barcha almashinuvlarning eng kattasi”, deya xabar qildi Ukraina harbiy asirlar bilan muomala qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab.

Xabarga ko‘ra, qaytarilganlar orasida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan rasmiy harbiy asir maqomiga ega bo‘lganlar (182 kishi), bedarak yo‘qolgan deb topilgan va qidiruvdagi Ukraina harbiylari (48) ham bor.

Ukraina Ombudsmani Dmitriy Lubinetsning ta’kidlashicha, 230 nafar ukrainalik mahbus "allaqachon vatanida".

Rossiya Mudofaa vazirligi esa Rossiya Qurolli kuchlarining 248 nafar harbiy xizmatchisi Ukraina asirligidan qaytganini ma’lum qilgan.

Vazirlik ushbu asir almashinuvi "BAAning gumanitar xarakterdagi vositachilik ishtiroki” tufayli amalga oshganini qayd etgan.
 
Ma’lumot uchun, urishayotgan tomonlar o‘rtasidagi asirlar almashinuvi o‘tgan yilning yozidan beri ilk marta amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing