Ukraina va NATO “Rossiya agressiyasini” to‘xtatish yo‘llarini muhokama qiladi 

Olam

image

Joriy yilning 10 yanvar kuni Bryusselda Rossiyaning “tajovuzkor pozitsiyasi” mavzusida Ukraina-NATO komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Twitter’da ma’lum qildi. 

“Ukraina bo‘yicha Ukrainasiz hech qanday qaror qabul qilinmaydi”, deb yozgan vazir. 

Ukraina diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Rossiya agressiyasini jilovlash bo‘yicha keng ko‘lamli diplomatik sa’y-harakatlarning bir qismiga aylanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, G‘arb va Moskva o‘rtasidagi ziddiyat so‘nggi oylarda Ukraina chegarasi yaqinida Rossiya qo‘shinlari to‘planishi fonida kuchaygan. 

Oq uy AQSH va Rossiya o‘rtasida Ukrainadagi vaziyatga doir xavfsizlik bo‘yicha muzokaralar 10 yanvar kuni boshlanishini ma’lum qilgan. Shuningdek, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg 12 yanvarga belgilangan Rossiya-NATO kengashining yig‘ilishini e’lon qilgan. Shuningdek, 7 yanvar kuni NATOga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi, unda Rossiyaning Ukraina bilan chegaradagi harbiy faolligi atrofidagi voqealar muhokama qilinishi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing