Ukraina O‘zbekistonni “Qrim platformasi” sammitiga taklif qildi

Jamiyat

image

Bugun, 3 mart kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Emine Japarova O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov bilan uchrashgan. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda rasmiy Kiyev O‘zbekistonni “Qrim platformasi” sammitiga taklif qildi.

“Ukraina tomoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligi 30 yilligini nishonlash marosimlarida va “Qrim platformasi”ning inauguratsiya sammiti doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishini mamnuniyat bilan qabul qilishini tasdiqlaydi”, deyiladi TIV veb-saytida.

Suhbatdoshlar, shuningdek, Ukraina va O‘zbekistonning ko‘plab masalalar bo‘yicha, xususan, savdo-sotiq, xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalar, madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama muloqotni faollashtirishga intilishini ta’kidlagan.

Vazirning birinchi o‘rinbosari turk dunyosini birlashtiruvchi tashkilot – Tur Kengashida Ukrainaning kuzatuvchi maqomini olish niyatiga e’tibor qaratdi. 

“Kuzatuvchi maqomini olish nafaqat kengashga a’zo davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish uchun, balki Ukrainaning turkiy dunyosi bilan alohida aloqalarini namoyish etishga ham imkon beradi”, deydi Japarova.

Vazirning birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Ukraina uchun yaqin kelajakda Islom Hamkorlik Tashkilotida kuzatuvchi maqomini olish muhimligini ta’kidlagan. 

“Bu musulmon olami bilan yaqinroq o‘zaro aloqani va IHTga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalar kengayishini ta’minlaydi”, deydi Vazir o‘rinbosari.

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrimni ishg‘oldan chiqarish va qayta integratsiyalashga qaratilgan ba’zi chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon imzolagani ma’lum bo‘lgan edi.

Unga ko‘ra, hukumatga “Qrim platformasi”ni tashkil etish va ishga tushirish, shuningdek, qrim-tatar tili, madaniyati va Qrim aholisi huquqlarini himoya qilishni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar topshirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Qrim 2014 yil mart oyida u yerda o‘tkazilgan referendumdan so‘ng, Rossiya hududiga aylangan. Ukraina esa hanuzgacha Qrimni o‘z hudud deb biladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Uzbekistan

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing