Ukraina urush boshlasa, Belarus nima qiladi? Lukashenko javob berdi 

Olam

image

Agar Ukraina Donbass hududidagi separatistlarga qarshi urush boshlasa, Belarus armiyasi xuddi Rossiya armiyasi kabi harakat qiladi. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.  

“Agar ular [Ukraina] bizga yoki Rossiyaga qarshi kurashni boshlasa, biz o‘zimizni himoya qilish uchun kurashamiz”, deydi Lukashenko. 

Donbassga qarshi jangovar harakatlar sodir bo‘lgan taqdirda Belarus armiyasi o‘zini qanday tutishi haqidagi savolga u shunday javob bergan: “Xuddi Rossiya kabi.” 

Lukashenko, shuningdek, bu qo‘shma harakatlar bo‘lishini tasdiqlagan. 

“Biz janubiy chegarada hazil qilyapmizmi?” degan u. 

Rossiya va Belarus hozirda kimga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani haqidagi savolga Lukashenko “kerak bo‘lsa, bu Ukrainaga va NATOga qarshi demakdir”, deb aniqlik kiritgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya harbiylari yanvar oyi o‘rtalarida Belarus hududiga Ittifoq davlatining reaksiya kuchlarini tekshirish va 20 fevralgacha davom etadigan “Ittifoq qarori – 2022” qo‘shma mashg‘ulotlarida qatnashish uchun kela boshladi. 

Ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma mashg‘ulotlar G‘arbning Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xavotirlari fonida o‘tkazilmoqda.

Ukraina-Rossiya nizosi

So‘nggi paytlarda Rossiya-Ukraina mojarosi jiddiy tus olgan. Bir tomonda Kiyevni qo‘llayotgan AQSH va NATO turgan bo‘lsa boshqa tomonda urushga qarshi harbiy tayyorgarliklarni boshlab yuborgan Rossiya turibdi. 

Ukrainaning tarafini olib AQSH Kiyevga 200 million dollar miqdoridagi, qariyb 500 tonna qurol-yarog‘, 300 ta Jevelin tankka qarshi o‘t ochar texnikalari va 5 ta MI-17 vertolyotini yetkazib berganini bildirgan. Bundan tashqari, 8 500 nafar harbiyni Sharqiy Yevropaga yuborish uchun shay holda ushlab turgani haqida ma’lum qilgan. 

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaga elita bo‘linmasining 30 nafar harbiy xizmatchisini, 2 000 ta tankka qarshi raketa va qurol-yarog‘ yuborilgani haqida xabar bergan. 

Boshqa tomondan, Rossiya Ukraina bahonasida “burni tagiga” tiqilib olayotgan NATOning Sharqiy Yevropa tomon siljib kelishini qoralab, unga qarshi o‘z hududi va Belarusning Ukraina bilan chegaradosh yerlarida 100 000 dan ortiq qo‘shin va harbiy texnikalar to‘plagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Belarus'

Baholaganlar

444

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing