Ukraina UEFA va FIFA'ga Rossiya masalasida talab bilan chiqdi

Sport

image

Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UFA) UEFA va FIFA'ga Rossiya va Bosniya va Gersegovina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yiniga ruxsat bermaslik talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda “Championat” nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, Ukraina tarafi Bosniya va Gersegovina futbol federatsiyasiga ham maktub yo‘llagan.

“Eslatib o‘tamiz, Rossiya jamoalari FIFA va UEFA tomonidan barcha xalqaro rasmiy musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirilgan. Bunday vaziyatda Bosniya va Gersegovina futbol federatsiyasining qarori Rossiya hukumatining Ukrainadagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandek ko‘rinadi. Mamlakatingiz imijiga va assotsiatsiyalarimiz o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazuvchi qarorni qayta ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz”, deyiladi Ukraina futbol assotsiatsiyasi saytida.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Bosniya va Gersegovina uchrashuvi shu yilning 19 noyabrga belgilangan. Uchrashuv Sankt-Peterburgda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA UEFA

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing