Ukraina tunda Moskvani bombaladi. Qurbonlar bor

Olam

−

image

Rossiyaning Moskva viloyatiga tunda Ukraina Qurolli kuchlarining dronlari hujum qilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tunda havo hujumidan mudofaa tizimlari va radioelektron kurash vositalari Moskva viloyati hududida 185 ta dronni urib tushirgan. Hujum viloyatning 16 ta okrugiga uyushtirilgan.

Hujum oqibatida dastlab 20 yoshli Radumlya qishlog‘i fuqarosi hayot uchun xavfli jarohatlar olib, halok bo‘lgan. Keyinchalik Domodedovo okrugining Baribino hududida vayron bo‘lgan uy vayronalari ostida 71 yoshli erkakning jasadi topilgan.

Shuningdek, 6 kishi jarohatlangan. Istrada 2 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biriga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak. Pokrovskoye qishlog‘ida yashovchi yana 1 kishi metall parchasidan olgan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan. Domodedovo okrugidagi Lyaxovo qishlog‘ida 3 kishiga shifokorlar yordami kerak bo‘lgan, biroq ular shifoxonaga yotishdan bosh tortgan.

Hujum oqibatida fuqarolik infratuzilmasiga ham zarar yetgan. Istrada 10 ta uy, xo‘jalik inshootlari va 2 ta avtomobil shikastlangan. Pokrovskoyeda uyning fasadi va oynalari zarar ko‘rgan.

Bundan tashqari, Lobanovo qishlog‘idagi xonadonda yong‘in chiqqan, Baribinoda esa yana bir uy vayron bo‘lgan. Hozir u yerda qutqaruvchilar ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Xarkov shahrining Industrialniy tumaniga “Banderol” raketalari bilan 2 marta zarba bergandi. Hujum oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi yaralangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing