Ukraina TIV rahbari Kuleba iste’foga chiqdi
Olam
−
04 Sentabr
8546Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba iste’foga chiqdi. Bu haqda Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Spiker iste’foga chiqish haqidagi arizasi suratini ham joylashtirdi.
“Ariza keyingi yalpi majlislardan birida ko‘rib chiqiladi”, deb yozgan Stefanchuk.
Ukraina hukumati amaldorlarining iste’fosi Oliy Rada tomonidan ma’qullanadi. Shundan so‘ng Ukraina Prezidenti tegishli farmonni imzolaydi.
Dmitriy Kuleba diplomatik xizmatga 2003 yilda kirgan. 2016 yilda u Ukrainaning Yevropa Kengashidagi doimiy vakili, 2019 yilda esa Aleksey Goncharuk hukumatida Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi.
U 2020 yilning mart oyida 38 yoshida Tashqi ishlar vazirligini boshqargan va Ukraina tarixidagi eng yosh Tashqi ishlar vaziriga aylangan edi.
3 sentyabr kuni beshta vazir o‘z lavozimini tark etdi:
- Bosh vazirning Yevropa va Yevro-Atlantika integratsiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Olga Stefanishina (2020 yildan buyon faoliyat yuritadi).
- Bosh vazir o‘rinbosari, Ukraina “Vaqtinchalik bosib olingan” hududlarni reintegratsiya qilish vaziri Irina Vereshuk (bu lavozimda 2021 yildan beri ishlaydi).
- Strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin (2023 yil martidan buyon faoliyat yuritmoqda).
- Adliya vaziri Denis Malyuska (2019 yildan beri lavozimida).
- Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslar vaziri Ruslan Strelets (2020 yildan buyon lavozimda).
LiveBarchasi