Ukraina tiklanish uchun hali bir sent ham olgani yo‘q – Zelenskiy
Olam
−
25 Oktabr 2022
6640Ukraina 17 milliard dollarlik tezkor tiklanish rejasini amalga oshirish uchun haligacha bir sent ham olgani yo‘q. Bu haqda Prezident Vladimir Zelenskiy Berlinda Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha xalqaro konferensiyada aytgan.
“Biz tez tiklanishni amalga oshirish uchun hali bir sent ham olganimiz yo‘q va hamkorlarni bizning tiklanishimizga jalb qilish jarayoni tezroq bo‘lishi uchun zarur qarorlarni yaqinlashtirishingizni so‘rayman”, deydi Zelenskiy.
Shuningdek, u nutqi davomida raketa zarbalari oqibatida mamlakat energetika sohasining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i vayron bo‘lganini ta’kidlagan.
“Rossiya qishdan omon qolishimizni qiyinlashtirish uchun hamma narsani yo‘q qilmoqda”, deydi u.
Konferensiyada Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi rahbarlaridan 2023 yilda 38 milliard dollarlik byudjet kamomadini qoplashda yordam so‘ragan.
“Bu konferensiyada biz Ukrainaga kelasi yilgi byudjet taqchilligini qoplash uchun yordam berish to‘g‘risida qaror qabul qilishimiz kerak. Bu juda katta pul, kamomad 38 milliard dollar”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, ushbu konferensiyada Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainanin tiklash uchun Marshall rejasini tuzish kerakligi haqida gapirgan edi.
Ma’lumot uchun, bugun, 24 oktyabr kuni Berlinda 5-Germaniya-Ukraina iqtisodiy forumi ochildi. Tadbirda asosiy mavzular Ukrainadagi mavjud vaziyat, Germaniyaning mamlakatni qayta tiklashdagi ko‘magi bo‘ladi.
LiveBarchasi