Ukraina tarixdagi eng dahshatli qishga tayyorlanyapti – Kuleba
Olam
−
07 noyabr 2023
9373Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba uning mamlakati "tarixdagi eng yomon qishga" tayyorlanayotganini va o‘zi allaqachon sham sotib olganini aytdi. Bu haqda u Germaniyaning “Die Welt” gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.
"Men o‘nlab shamlar sotib oldim. Otam yuk mashinasi to‘la o‘tin sotib oldi. Tarixdagi eng yomon qishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Shuning uchun Taurus’ni olmasak, ko‘zimizni yumamiz, ammo havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olamiz", degan Kuleba.
Uning aytishicha, Ukraina elektr stansiyalarini iloji boricha himoya qilishga harakat qilmoqda.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning idorasi esa kelayotgan qish avvalgisidan ancha qiyin bo‘lishini tan olgan. Oktyabr oyi boshida mamlakat Energetika vaziri German Galushchenko ukrainaliklarga qish uchun elektr generatorlarini sotib olishni maslahat bergan. U 2022 yil oktyabr oyidan beri Ukrainada 300 ta energetika infratuzilmasi ob’ekti shikastlangani, mutaxassislar esa qishgacha energetika tizimini ta’mirlashga ulgurmayotganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, vazir G‘arb davlatlarining ta’mirlash uskunalarini yetkazib berishda sustligidan shikoyat qilgan.
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaning avvalroq 37 GVt deb baholangan energetika infratuzilmasi quvvati 19 GVtga kamaygan, bu 2022 yil fevralidagi darajaning yarmidan ko‘prog‘iga qisqarganini anglatadi.
LiveBarchasi