Ukraina sportchilarining rossiyaliklarga hurmat ko‘rsatmasligini rasmiylashtirmoqchi

Sport

image

Ukraina Oliy radasining Yoshlar va sport masalalari qo‘mitasi xalqaro federatsiyalarni Rossiya va Belarus vakillari ishtirok etayotgan turnirlarda sportchilarning majburiy qo‘l siqishishini bekor qilishga chaqirdi. Tegishli murojaat tashkilotning Telegram-kanalida e’lon qilindi.

Gap shundaki, joriy yilning 27 iyul kuni Milanda bo‘lib o‘tgan qilichbozlik bo‘yicha Jahon chempionatining 1/32 final bosqichida ukrainalik qilichboz Olga Xarlan rossiyalik Anna Smirnova bilan qo‘l siqishishdan bosh tortgan va u tomonga qo‘l cho‘zib kelayotgan raqibasiga qilich o‘qtalgan edi. Bu esa Xarlanning chempionatdan diskvalifikatsiya bo‘lishiga olib keldi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, sportchilar musobaqa avvalida bahsni qo‘l siqib ko‘rishish o‘rniga o‘zaro qilich urishtirish orqali yakunlash haqida ogohlantirilgan bo‘lgan. 

“Xalqaro sport federatsiyalari Ukraina, Rossiya yoki Belarus sportchilari ishtirok etadigan musobaqalarda qo‘l siqishish yoki ta’zim qilish majburiyatini bekor qilib, sport musobaqalari qoidalariga o‘zgartirish kiritishi kerak”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Ukraina Xalqaro qilichbozlik federatsiyasidan Xarlanning diskvalifikatsiyasini butunlay bekor qilish, undan rasman uzr so‘rash hamda chetlatishda mas’ul bo‘lgan barcha hakamlarning javob berishini talab qilmoqda. Ular rossiyalik sportchi Anna Smirnovani Olimpiya ruhiga zid bo‘lgan provokatsion harakati uchun umrbod diskvalifikatsiya qilishni ham so‘ramoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya diskvalifikatsiya Ukraina Ol'ga Xarlan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made