Ukraina Shimoliy Koreya raketalarini Rossiyaga qarshi ishlatyapti – “Financial Times” 

Olam

image

Ukraina artilleriyasi Rossiya pozitsiyalariga zarba berish uchun Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan o‘q-dorilardan foydalangan. Bu haqda bugun, 29 iyul kuni “Financial Times” xabar berdi.

Shimoliy Koreya raketalari Ukraina harbiylari qo‘liga qanday tushib qolgani ma’lum emas. Ba’zi harbiylar ularni "do‘st" davlat kemasidan olganini aytgan bo‘lsa, Ukraina Mudofaa vazirining maslahatchisi Yuriy Sak raketalar Rossiya qo‘shinlaridan tortib olinganini taxmin qilgan. 

Aytilishicha, Ukraina tomonidan ishlatiladigan Shimoliy Koreya o‘q-dorilari 1980-1990 yillarda ishlab chiqarilgan. Portlamagan o‘q-dorilarning nisbatan yuqori ulushi tufayli bunday snaryadlar afzal ko‘rilmaydi. Askarlardan biri snaryadlar juda ishonchsiz ekani va ba’zida aqlbovar qilmaydigan ishlar qilib qo‘yishini aytgan. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, tanqislik tufayli bu o‘q-dorilar ham ishlatilishi kerak, chunki, Ukraina uchun olishi mumkin bo‘lgan har qanday raketa juda muhim.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yil oxirida AQSH rasmiylari Shimoliy Koreya qurol-yarog‘ini “Vagner”ga topshirganini e’lon qilgan. Shundan so‘ng, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonning ayblovlarini rad etib, ularni “boshdan oxirigacha yolg‘on” deb atadi. Shu yilning iyul oyi o‘rtalarida Prezident Vladimir Putin Shimoliy Koreya Rossiyaning harbiy amaliyotini “qat’iy qo‘llab-quvvatlashini” aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya Ukraina raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing