Ukraina samolyoti portlagan hududdan Rossiya raketasi qoldiqlari topildi
Olam
−
09 yanvar 2020
11765Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Eronda halokatga uchragan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti – Boeing-737 fojiasi sabablarining asosiy talqinlariga to‘xtaldi.
"Samolyotning to‘satdan qulashi bilan bog‘liq turli xil talqinlar o‘rganilmoqda. Eng asosiylari: samolyotning zenit raketasi bilan, shu jumladan “Tor” zenit-raketa qurilmasi bilan urib tushirilishi. Internetda avariya joyida Rossiya “Tor”ning parchalari topilgani haqidagi ma’lumotlar allaqachon paydo bo‘lgan. Boshqa uchuvchisiz qurilma bilan to‘qnashuv, texnik sabablarga ko‘ra dvigatelning portlashi, terakt natijasidagi portlash taxminlari ham mavjud", deydi Danilov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina komissiyasi Eron rasmiylari bilan raketa parchalarini qidirish niyatida halokat sodir bo‘lgan hududga borish yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda.
U so‘zida davom etarkan, rasmiy Kiyev barcha masalalar bo‘yicha, shu jumladan qora qutilarni ochishda qatnashishda Tehron bilan hamkorlik qilishga umid qilayotganini aytdi.
Ukraina komissiyasi tarkibiga Donbassdagi Boeing samolyoti halokatini tekshirayotgan ekspertlar ham kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 yanvar kuni Eronda Tehron xalqaro aeroportidan uchgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi.
Aviahalokat natijasida samolyotda bo‘lganlarning barchasi qurbon bo‘ldi. Unda Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘onistondan 167 yo‘lovchi, shuningdek to‘qqizta ekipaj a’zosi bo‘lgan.
LiveBarchasi