Ukraina Rossiyaning yirik desant kemasi yo‘q qilinganini e’lon qildi (video)
Olam
−
14 fevral 2024 15032 2 daqiqa
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning "Sezar Kunikov" yirik desant kemasi yo‘q qilinganini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 14 fevral kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi xabar berdi.
“Ukraina Qurolli kuchlari mamlakat Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi bo‘linmalari bilan birgalikda Rossiyaning yirik desant kemasi “Sezar Kunikov”ni yo‘q qildi. Mag‘lubiyatga uchragan paytda u Alupka yaqinidagi Ukraina hududiy suvlarida edi”, deyiladi bayonotda.
Bosh razvedka boshqarmasi esa “Sezar Kunikov”ning yo‘q qilingani tasvirlangan videoni e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kemaga Magura V5 dengiz dronlari bilan hujum qilingan. Operatsiya razvedka boshqarmasi 13-guruhining maxsus kuchlari tomonidan amalga oshirilgan.
"Natijada “Sezar Kunikov”ning port tomonidagi qismi teshildi va cho‘kishni boshladi", deyiladi Ukraina Razvedka boshqarmasi xabarida.
Bayonotda Rossiyaning qidiruv-qutqaruv operatsiyasi "muvaffaqiyatsiz" bo‘lgani qo‘shimcha qilingan. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, “Sezar Kunikov” bortida 87 nafar ekipaj a’zosini sig‘dira oladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi yirik desant kemasining yo‘q qilingani haqidagi xabarlarga izoh bermadi. Avvalroq vazirlik 14 fevralga o‘tar kechasi Qora dengiz uzra oltita uchuvchisiz apparat “tutib olingani va yo‘q qilingani” haqida xabar bergan.
Har ikki tomon vakillarining bayonotlarini mustaqil manbalar yordamida tekshirishning iloji yo‘q.
Live
Barchasi