Ukraina Rossiyaning tovushdan 10 baravar tezroq uchadigan gipertovushli raketasini urib tushirgani aytilmoqda

Olam

image

Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchukning ma’lumot berishicha, mamlakatga AQSH tomonidan berilgan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi Rossiyaning tovush tezligidan 10 baravar kuchliroq bo‘lgan gipertovushli raketasi —  “Kinjal”ni ilk bor urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi. 

Oleshchukka ko‘ra, raketa hafta boshida Kiyevga qilingan havo hujumi davomida urib tushirilgan. 

“Ha, biz noyob “Kinjal”ni urib tushirdik”, deb yozadi u. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa MiG-31K  harbiy samolyotidan uchirilgan bo‘lishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi 68 kilometrgacha radiusdagi hududni himoya qilishi, 50 tagacha nishonni kuzatishi va ulardan beshtasini bir vaqtning o‘zida urib tushirishi mumkin. Yuqori aniqlikka ega mudofaa tizimi samolyotlar, qanotli raketalar, kattaroq dronlar va qisqa masofali ballistik raketalarga qarshi juda foydali hisoblanadi. Biroq pastlab uchuvchi jismlar va kichik dronlarga qarshi qo‘llash ko‘zlangan natijani bermaydi. Amaldagi versiya mudofaa tizmi raketasi 2 kilometrgacha balandlikka uchishi va 160 kilometr uzoqlikdagi nishonni yo‘q qilishi mumkin.

Tizimni ishga tushirish uchun 90 kishilik shaxsiy tarkib talab etiladi.

Mudofaa tizimining umumiy narxi hozirda taxminan 14 million dollarga baholanadi.

Besh yil avval Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan “Kinjal” raketasi soatiga 12 ming 231 kilometr tezlikda harakatlanish va 2 ming kilometr masofaga uchish quvvatiga ega. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida AQSH tomonidan Ukraina uchun 1,85 milliard dollarlik yordam paketi taqdim etilgandi. Uning tarkibida Patriot tizimlari ham bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina gipertovushli raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing