Ukraina Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan ilk 1 mlrd dollarni oldi
Olam
−
24 dekabr
3750AQSH tomonidan Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan birinchi 1 milliard dollar o‘tkazildi. Bu haqda Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
“Bu G7 tashabbusi doirasida rejalashtirilgan 20 milliard dollarlik mablag‘ning birinchi qismi hisoblanadi. Ushbu tashabbus doirasida AQSH Rossiya aktivlarini muzlatib, ularni Ukrainani tiklash maqsadida ishlatishni rejalashtirgan”, deydi Shmigal.
Uning bildirishicha, Ukraina hukumati barcha Rossiya davlat aktivlarini musodara qilish va ularni mamlakatni qayta tiklash uchun yo‘naltirishga “umid qilmoqda”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning G‘arbda muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘ hisobidan Ukrainaga 1,4 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ajratishga qaror qilgan edi.