Ukraina Rossiyaning ikki qiruvchi samolyotini yo‘q qildi

Olam

image

Kecha, 24 dekabr kuni Ukraina harbiylari Rossiyaning ikki qiruvchi-bombardimonchi Su-34 va Su-30 samolyotlarini urib tushirdi. Bu haqda bugun, 25 dekabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi va Harbiy havo kuchlari xabar berdi.

“Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari va vositalari ikkita Su-34 va Su-30 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini yo‘q qildi”, deyiladi Bosh shtab bayonotida.

Harbiy havo kuchlari Su-34 Donetsk viloyatida, Su-30 esa Qora dengiz uzra uchib ketayotganida urib tushirilganini ma’lum qilgan.

Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurolli kuchlari aviatsiyasi shaxsiy tarkib, qurol-yarog‘ va harbiy texnika jamlangan 12 ta hududga, o‘q-dorilar ombori va Rossiya qo‘shinlarining zenit-raketa majmuasiga zarbalar bergan.

Hozircha Rossiya tomonidan mazkur vaziyat yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.

Eslatib o‘tamiz,  22 dekabrga o‘tar kechasi Kiyevda havo hujumi signalizatsiyasi eshitilib, havo mudofaasi ishlagan, shundan so‘ng dron qoldiqlari qulashi oqibatida shaharning Solomenskiy tumanidagi turarjoy binosining yuqori qavatida yong‘in chiqqandi. Shuningdek, shaharning Darnitskiy tumanidagi qisman qurilishi tugallanmagan uyga ham dron qoldiqlari tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Su-34 Su-30

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing