Ukraina Rossiyaning 12 ta neft tankeriga zarba berdi
Olam
−
18:56 664 1 daqiqa
Bugun, 9 iyulga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Azov dengizida Rossiyaga tegishli 12 ta tanker, bitta buksir va bitta quruq yuk kemasiga zarba berdi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.
Bosh shtab ma’lumotiga ko‘ra, mazkur operatsiya Rossiyaning harbiy va iqtisodiy salohiyatini kamaytirish maqsadida amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, Azov dengizida nishonga olingan kemalar Rossiya armiyasini yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash, shuningdek, xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda neft va neft mahsulotlarini tashishda foydalanilgan.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, ushbu kemalar Rossiyaning energiya resurslari eksportini ta’minlab, Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirish manbalaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina harbiylari Rossiyaning “soya floti”dagi sakkizta tankeriga dron zarbalarini bergan edi.
Live
Barchasi