Ukraina Rossiyaga qarshi kurash rejasini e’lon qildi
Olam
−
11 dekabr 2021
20919Ukraina va G‘arb davlatlari Rossiyani tiyib turish uchun keng ko‘lamli reja ustida ishlamoqda. Bu haqida Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba “Foreigh Affairs” gazetasiga bergan intervyusida xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev va uning hamkorlari allaqachon Moskvaga qarshi harakatlar rejasini ishlab chiqqan.
“Birinchi bosqich – Moskvaga aniq siyosiy signallarni yuborishdir. Bu shuni anglatadiki, Rossiya Ukraina G‘arbning bir qismi va kelajakda YeI va NATO a’zosi bo‘lishini hamda mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligi muhokama qilinmasligini bilishi kerak.
Rejaning ikkinchi va uchinchi qismlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasida taxminiy qurolli mojaro yuzaga kelgan taqdirda “qattiq sanksiyalar” ishlab chiqish hamda Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish zarur”, deya tushuntirdi mamlakat TIV rahbari.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Kiyevning maqsadi – kuch bilan bo‘lsa ham tinchlikka erishish.
Rossiya TIV Matbuot kotibi Mariya Zaxarova, o‘z navbatida, Ukrainaning NATOga kirishi Rossiya uchun qizil chiziqqa aylanishini ta’kidlagan.
Malumot o‘rnida, so‘ngi vaqtlarda g‘arb siyosatchilari Ukraina chegarasi yaqinida qo‘shin to‘plash ayblovi bilan “Rossiya agressiyasi” haqida bong urmoqda.
Rossiya bu bayonotlarni bir necha bor rad etib, ushbu harakatlarni Shimoliy Atlantika alyansining Rossiya chegaralari yaqinida harbiy texnika joylashtirgani uchun o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirganini ta’kidladi.
Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, rus askarlari hech kimga tahdid solmaydi va hech kimni bezovta qilmaydi.
Putin joriy yilning noyabr oyi oxirida “Rossiya chaqiradi” forumidagi nutqida, Moskva uchun Ukraina hududiga qurol-yarog‘larning joylashtirilishi qizil chiziqqa aylanishini, chunki bu Rossiya milliy xavfsizligiga tahdid ekanini aytgandi.
Doston Iskandarov
LiveBarchasi