Ukraina Rossiyaga hujum qilish uchun Britaniya qurollaridan foydalanishi mumkin – Kemeron 

Olam

image

Britaniya Tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vazir Devid Kemeron Ukraina Rossiya hududiga zarba berish uchun Britaniya qurollaridan foydalanishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u kecha, 2 may kuni Kiyevga safari chog‘ida so‘z ochdi.

“Ukrainada bunday huquq bor. Rossiya Ukraina hududini nishonga olmoqda va Ukraina o‘z mudofaasini ta’minlash zarurligini his qilayotganini tushunish mumkin. Biz har yili uch milliard funt sterling beramiz. Biz jihozlar va qurol-yarog‘lar bo‘yicha qo‘limizdan kelgan hamma narsani tayyorlab qo‘ydik”, degan Kemeron. 

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya Ukrainaning asosiy ittifoqchilaridan biri bo‘lib, Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Kemeron Ukrainaga tashrifi davomida Prezident Vladimir Zelenskiy va mamlakat rahbariyatining boshqa vakillari bilan uchrashdi. Buyuk Britaniya TIV rahbari qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning yangi partiyalari, jumladan, bombalar, shuningdek, zenit-raketalar va 100 ta mobil guruh uchun jihozlar yetkazib berilishini ma’lum qildi.

Ukraina harbiylari bir necha bor G‘arb ittifoqchilari va’da qilgan yordam yetkazilishi kechikayotgani tufayli frontda o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ taqchilligiga duch kelayotganini ta’kidlagan.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya Ukraina Devid Kemeron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing