Ukraina-Rossiya koridori muhojirlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi – XMT
Olam
−
11 may
5371Ukraina-Rossiya koridori muhojirlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) tomonidan taqdim etilgan hisobotda aytiladi.
Hisobotda keltirilishicha, Ukrainadan Rossiyaga olib boruvchi migratsiya koridori muhojirlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi. Birinchi o‘rinni Meksika-AQSH, ikkinchi o‘rinni Suriya-Turkiya yo‘nalishi egallagan. Beshinchi o‘rinda Rossiya-Ukraina migratsiya koridori turadi.
Mehnat muhojirlarining eng ko‘p qismi Janubiy, Shimoliy va G‘arbiy Yevropada ish topadi. Ikkinchi o‘rinda Shimoliy Amerika turadi, arab mintaqasi esa kuchli uchlikni yopadi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, xalqaro migratsiya inson taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishning sababchisi bo‘lib qolmoqda, buni 2000 yildan 2022 yilgacha xalqaro pul o‘tkazmalarining yiliga 128 milliard AQSH dollaridan 831 milliard AQSH dollariga oshgani tasdiqlaydi.
831 milliard dollar pul o‘tkazmasining 647 milliard dollarini migrantlar daromadi past va o‘rta bo‘lgan mamlakatlarga jo‘natgan. Bunday pul o‘tkazmalari ushbu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismini tashkil etadi va global miqyosda ushbu mamlakatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmidan ko‘pdir.
Garchi xalqaro migratsiya insoniyat rivojlanishini rag‘batlantirishda davom etayotgan bo‘lsa-da, muammolar hali hamon aktualdir. Qurolli to‘qnashuvlar, zo‘ravonliklar, tabiiy ofatlar va boshqa sabablarga ko‘ra uy-joyini tark etganlar soni rekord darajadagi eng yuqori ko‘rsatkichga – 117 million kishiga yetgani taxmin qilinmoqda.
Dunyodagi qochqinlar soni bo‘yicha Suriya fuqarolari oldinda, ikkinchi o‘rinda ukrainlar va afg‘onlar qayd etilgan.
LiveBarchasi