Ukraina Rossiya bilan sulhning 4 ta variantini ko‘rib chiqmoqda

Olam

−

image

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatishning to‘rt varianti mavjudligini aytdi. Bu haqda u kecha, 1 oktyabr kuni Kiyevda jurnalistlar bilan suhbatida so‘z ochdi. https://www.gazeta.ru/politics/news/2026/10/02/29437819.shtml

Qayd etilishicha, Ukraina Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Hindiston, Turkiya, Misr va AQSHdan to‘rtta taklif olgan.

Sibigaga ko‘ra, eng keng qamrovli taklif Hindiston tomonidan bildirilgan. U energetika ob’ektlari va Qora dengizda bir vaqtning o‘zida sulh o‘rnatishni nazarda tutadi.

“Biz energetika va Qora dengiz bo‘yicha sulhga tayyormiz, biroq bu ikki yo‘nalish birgalikda bo‘lishi kerak. Bu barcha energetika ob’ektlariga, jumladan, port infratuzilmasiga zarbalarni to‘liq to‘xtatishni anglatadi”, degan Ukraina TIV rahbari.

Uning aytishicha, Turkiya va Misr ham Qora dengizda sulh o‘rnatish bo‘yicha taklif bergan. Bu tashabbuslar Ukrainadan don eksportini qayta tiklash va dengiz orqali oziq-ovqat yetkazib berish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Vazirga ko‘ra, Misr uchun bu masala alohida ahamiyatga ega. Mamlakat Ukraina va Rossiyadan keladigan don ta’minotiga sezilarli darajada bog‘liq. Shu sababli, Qora dengizdagi xavfsiz savdo yo‘llarini tiklash Misr uchun muhim hisoblanadi.

To‘rtinchi taklif AQSH tomonidan bildirilgan. Vashington Rossiya va Ukraina energetika ob’ektlariga zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishini taklif qilmoqda. Bu masala AQSH Prezidenti Donald Tramp va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvida ham muhokama qilingan.

Sibiga Ukrainaning sulhning turli shakllarini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytgan. Jumladan, Kiyev front chizig‘i bo‘ylab shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish variantini ham muhokama qilishga tayyor.

Uning fikricha, Rossiya va Ukraina Prezidentlari Vladimir Zelenskiy hamda Vladimir Putinning uchrashuvi sulh bo‘yicha kelishuvga erishish imkonini berishi mumkin.

Shu bilan birga, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 1 oktyabr kuni Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha ayrim takliflarni tanqid qilgan. Xususan, u Rossiya neftini qayta ishlash zavodlari va Ukraina kemalariga zarbalarni o‘zaro to‘xtatish g‘oyasini “ma’nosiz” deb atagan. Putin bunday masalalarni faqat tomonlarning o‘zaro manfaatlarini hisobga olgan holda muhokama qilish mumkinligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha barcha takliflar hali ham muhokama uchun ochiq ekanini, biroq Moskva o‘z manfaatlarini hisobga olishi kerakligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing