Ukraina rasmiylari va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi – “Politico”

Olam

image

Ukraina rasmiylari va Amerika Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlar AQSH rasmiylarining Ukrainaga Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini tashkil qilish uchun bosim o‘tkazish ehtimoli haqidagi turli bayonotlari tufayli keskinlashdi. Bu haqda “Politico” nashri yozmoqda.

Nashr suhbatdoshlaridan biri AQSH Davlat departamenti ehtimoliy muloqot uchun zamin yaratayotganini qayd etgan. Yana bir manbaning ta’kidlashicha, hozircha tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borish uchun aniq hujjatlar, rejalashtirish platformalari yoki strategiyalar mavjud emas.

Vashington Kiyevni qishda jangovar harakatlardagi ehtimoliy to‘xtalish yaqin orada muzokaralar zarurligini anglatmasligiga ishontirmoqda. Shu bilan birga, yordamni susaytirmaslikka va’da bermoqda. 

AQSH rasmiysining “Politico” nashriga aytishicha, Dneprning chap qirg‘og‘idagi hududlarni qaytarib olish Ukraina Qurolli kuchlari uchun qiyin bo‘ladi. Bu esa tinchlik muzokaralarini ertaroq boshlash kerakligini anglatadi.

Qish faslining boshlanishi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun yaxshi imkoniyatdir. Biroq, tinchlikni istovchilar muzokaralar yechim ekanligiga Prezident Jo Bayden va uning yaqin tarafdorlarini ishontirishi kerak.

Xususan, AQSH Shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi rahbari general Mark Milli Moskva va Kiyev o‘rtasida muzokaralar olib borishga harakat qilishga chaqirmoqda. 

“Politico” manbalarining ta’kidlashicha, ba’zida Oq uy amaldorlari shaxsiy hayotdagidan farqli o‘laroq, omma oldida boshqa narsani gaprishadi. Milli esa o‘z fikrini aytishga ko‘proq tayyor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

463

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing