Ukraina Putinning shartini muhokama qila boshladi – Volodin

Olam

image

Ukraina Oliy Radasining ayrim deputatlari allaqachon Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga bosqinni to‘xtatish bo‘yicha shartini muhokama qila boshlagan. Bu haqda Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Davlat Dumasi raisining so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik deputatlar Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi ular uchun barcha masalalarni hal qilishiga qanchalik uzoq umid qilsalar, mamlakatda faqat Vashington va Bryussel uchun sarflanishi mumkin bo‘lgan kam sonli fuqarolar qoladi va Ukraina hududi qisqaradi.

“Ukrainalik deputatlar o‘z fuqarolari haqida o‘ylab, davlatni saqlab qolishni istasalar, Putinning takliflarini muhokama qilishni boshlashlari to‘g‘ri. Aytgancha, parlament orqali kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Oliy Radaning ayrim deputatlari buni allaqachon qila boshlagan”, deb yozdi Volodin.

Duma yetakchisining bildirishicha, bugungi kunda Ukrainaning yagona qonuniy sub’ekti bu – Oliy Rada va faqat u har qanday kelishuvga erishishda ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, Volodin Zelenskiyning Bayden, Makron va Shols tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tashabbuslari o‘z ma’nosini yo‘qotganini aytdi.

Vyacheslav Volodin endilikda Ukraina Prezidenti yo‘qligi va barcha mas’uliyatni Oliy Rada o‘z zimmasiga olishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Putin kecha, 14 iyun kuni Ukraina qo‘shinlari tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari va Zaporoje va Xerson viloyatlarining butun hududidan olib chiqilsagina muzokaralar boshlanishi mumkinligini aytgandi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa ushbu shart ultimatum ekanligi va undan avval mavjud bo‘lgan ultimatumlardan boshqa hech narsa yo‘qligini ta’kidladi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vyacheslav Volodin Davlat Dumasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing