Ukraina Nestle’ni “urush homiylari” ro‘yxatiga kiritdi

Olam

image

Ukrainadagi Korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi dunyodagi eng yirik oziq-ovqat kompaniyalaridan biri Nestle’ni Rossiyada biznesni davom ettirgani uchun "urush homiylari" ro‘yxatiga qo‘shdi. Bu haqda agentlik o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

“Korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi Shveysariyaning Nestle korporatsiyasini Rossiyada faoliyatini davom ettirayotgani, tovarlar yetkazib berish va Rossiya ishlab chiqarish bazasini kengaytirishi sababli urushning xalqaro homiylari ro‘yxatiga qo‘shdi. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab 2000 dan ortiq, jumladan, KitKat, Nescafe, Nesquik, Nestea va boshqa brendlarga ega,”, deyiladi xabarda.

Agentlikning ta’kidlashicha, kompaniyaning Rossiya Federatsiyasiga eksport va importni to‘xtatib turish haqidagi bayonotlariga qaramay, mamlakatdagi do‘konlari javonlari "Nestle mahsulotlari bilan to‘lib-toshgan".

Ma’lumot uchun, Ukrainaning ushbu agentligi shu paytgacha Raiffeisen Bank, Procter & Gamble, Leroy Merlin, Comnav Technology, Liberian International Ship & Corporate Registry, Auchan, Bacardi, Aliexpress onlayn savdo platformasiga egalik qiluvchi Alibaba, Mars va PepsiCo korporatsiyalari, shuningdek, Filipp Morris va Japan Tobacco kabi tamaki kompaniyalarini “qora ro‘yxati”ga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Nestle

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing