Ukraina NATOga qo‘shilsa, qiyomat bo‘ladi – Ilon Mask
Olam
−
05 aprel
10453Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi yadroviy apokalipsis haqidagi filmning boshlanishi bo‘ladi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
"Bu tom ma’noda yadroviy apokalipsis haqidagi filmning boshlanishi", deya post joylagan u X (sobiq Tvitter) sahifasida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning uchrashuvi videosini ilova qilib. "Holbuki AQSH Davlat departamenti Ukrainani allaqachon NATOga a’zo, deb hisoblamoqda".
Mask o‘z izohiga SSSR va AQSH o‘rtasidagi xayoliy yadro urushi tasvirlangan "Ertadan keyin" (1983) badiiy filmidan parchani ham qo‘shgan.
Ma’lumot uchun, chorshanba kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina alyansga a’zo bo‘lishi kerakligini yana bir bor ta’kidladi, ammo bu qachon amalga oshishini aytmadi.
2022 yilning sentyabrida Ukraina tezlashtirilgan asosda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi va 2023 yilning iyulida Vilnyusda bo‘lib o‘tgan alyans sammitida “zarur shartlar bajarilgandagina” safga qo‘shilishiga kafolat oldi.
Ayni paytda tashkilotga 32 ta davlat a’zo: deyarli barcha Yevropa davlatlari, Kanada, AQSH, Turkiya, Bosniya va Gersegovina ittifoqqa yangi a’zolarni qabul qilish dasturida ishtirok etmoqda. NATOga kirish uchun mamlakat individual reja shartlarini bajarishi, hududiy nizolar bo‘lmasligi va qurolli kuchlarini alyans standartlariga moslashtirishi kerak.
LiveBarchasi