Ukraina NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi kerak – Zelenskiy
Olam
−
24 fevral 2021
3573Ukraina Yevropa Ittifoqi va NATO a’zosi bo‘lishi kerak. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Litva Tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Ukraina Yevropa Ittifoqining a’zosi bo‘lishi kerak. Shuningdek, Ukrainaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun tashakkur”, deydi Zelenskiy Litva Tashqi ishlar vaziriga.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bo‘lgan NATO sherigi maqomini olganidan so‘ng, Ukraina Alyansga a’zo bo‘lish bo‘yicha harakatlar rejasiga ega bo‘lishni kutmoqda.
“Kelajakda biz o‘zimizni NATO a’zosi sifatida ko‘rmoqdamiz”, deydi Zelenskiy.
Prezident Zelenskiy Rossiyaning “Shimoliy Oqim 2” gaz quvuri loyihasiga qarshilik ko‘rsatishda uni qo‘llab-quvvatlagani uchun Litvaga minnatdorlik bildirgan.
Zelenskiy Qrim platformasi sammiti va avgust oyida Ukraina mustaqilligining 30 yilligini nishonlash marosimida Litva Prezidenti Gitanasa Nausedining shaxsan ishtirok etishiga umid bildirgan.
LiveBarchasi