Ukraina MSK: Zelenskiy prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi
Olam
−
03 may 2019
4742Bugun, 3 may kuni Ukraina Markaziy saylov komissiyasi 2019 yil 31 mart kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijalarini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy mamlakat Prezidenti bo‘ldi.
Ukraina qonunchiligiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini e’lon qilganidan keyin 30 kun ichida yangi Prezident inauguratsiyasi o‘tkazilishi kerak. Ya’ni, 3 iyunga qadar. Marosimning aniq sanasi mamlakat Parlamentining tegishli qaror bilan belgilanadi.
Ukraina MSK 30 aprel kuni Vladimir Zelenskiy saylovning 2-turida g‘alaba qozonganini tan olgandi. 2-turda Zelenskiyni 73,22 foiz – 13 541 528 nafar saylovchi qo‘llab-quvvatlagan. Pyotr Poroshenkoag esa 24,45 foiz – 4 522 450 nafar saylovchi o‘z ovozini bergan.
LiveBarchasi