Ukraina Moskvaga 400 ta dron bilan hujum qildi (video)

Olam

image

Kecha, 19 iyuldan 20 iyulga o‘tar kechasi Ukrainaning Moskva va uning atrofidagi hududlarga 400 ta dron bilan hujum qilshi oqibatda ikki kishi yaralandi va bir qator binolarda yong‘inlar chiqdi. Bu haqda Rossiya rasmiylari ma’lum qildi. 

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning Telegram orqali ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari va radioelektron kurash vositalari tundagi dron hujumini qaytargan. Hujumning asosiy oqibatlari Podolsk, Domodedovo va Odinsovo tumanlarida qayd etilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki kishi yaralangan, bir nechta fuqarolik infratuzilmasi ob’ektlarida yong‘in chiqqan va ularga zarar yetgan.

Moskva shahar meri Sergey Sobyaninning bildirishicha, kecha tunda, mahalliy vaqt bilan soat 20:30 dan 05:00 gacha Moskva viloyatiga 400 dan ortiq “dushman droni” uchirilgan. Uning ta’kidlashicha, dronlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan uzoq masofada yo‘q qilingan. Ulardan 85 tasi Moskvaga yaqinlashayotgan vaqtda urib tushirilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa tun davomida Rossiya hududlari, Qora dengiz va Azov dengizi ustida Ukrainaga tegishli 381 ta dron havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilganini bildirdi.

Rossiyaning eng yirik onlayn-riteyleri Wildberries kompaniyasi esa Podolsk tumanidagi logistika markazi ehtiyot chorasi sifatida evakuatsiya qilinganini, keyinroq esa ish faoliyati odatiy tartibda qayta tiklanganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 iyul kuni Ukraina dronlarining to‘lqinsimon hujumlari natijasida Wildberries omborining yetti nafar xodimi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan edi. Yana bir hujum Moskva viloyatidagi neft omborida yong‘inga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing