Ukraina mag‘lubiyati NATOni trillionlab xarajatlarga olib keladi – Mark Ryutte
Olam
−
17:05
2969Agar Ukraina Rossiya bilan mojaroda mag‘lub bo‘lsa, alyans mudofaasini mustahkamlash uchun “qo‘shimcha trillionlar” sarflashga majbur bo‘ladi. Bu haqda kecha, 22 yanvar kuni NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida so‘z ochdi.
Uning ta’kidlashicha, bu nafaqat Yevropa mojarosi, balki geosiyosiy muammo sanaladi.
“Agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, endi NATOga milliardlar emas, qo‘shimcha trillionlar kerak bo‘ladi. Agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, NATOning to‘xtatuvchi kuchini tiklash hozirgidan ancha qimmatga tushadi”, degan Ryutte.
NATO Bosh kotibiga ko‘ra, mudofaa xarajatlarini hali 2 foizgacha oshirmagan ittifoq davlatlari buni ikki oy ichida amalga oshirishi kerak.
U, shuningdek, sulh va Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berish haqida kamroq gapirishga, qolaversa, Rossiya qo‘ygan shartlar bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mark Ryutte Yevropa Ittifoqi davlatlari mudofaaga ko‘proq mablag‘ sarflash uchun o‘z xarajatlarining bir qismini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar mudofaa xarajatlari ko‘paymasa, yevropaliklar “rus tili kurslarini o‘rganishi yoki Yangi Zelandiyaga borishlari” kerak bo‘ladi.
LiveBarchasi