Ukraina Kurskning 1300 km kv maydonini nazorat qilyapti – Zelenskiy
Olam
−
06 Sentabr
4461Ukraina Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidagi 1300 kvadrat kilometr maydonni, shu jumladan yuzdan ortiq aholi punktlarini nazorat qilmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyada bo‘lib o‘tgan Ukraina mudofaasi bo‘yicha Ramshteyn formatidagi aloqa guruhining 24-yig‘ilishida so‘z ochdi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya rahbari “Sumi shahriga yangi hujum uyushtirishni rejalashtirgan, biroq Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi amaliyoti uning rejalarini barbod qilgan”.
“Rossiyaning Kursk viloyatida operatsiyamiz boshlanganiga bugun roppa-rosa bir oy bo‘ldi. Bu Putin urushni Ukraina hududlariga kengaytirishga tayyorlanayotgan chegara hududi. U bizning Sumi shahrimizga yangi hujum uyushtirmoqchi edi. Biroq, biz uning oldini oldik va bizning qarshi hujumimiz tufayli rus qo‘shinlarini o‘z hududlariga siqib chiqarmoqdamiz. Bu hududning katta qismi Rossiya qo‘shinlari tomonidan shunchaki tashlab ketilgan va ular bizning kuchlarimiz yaqinlashayotganini ko‘rib, orqaga chekingan. Albatta, janglarda hududning salmoqli qismi qo‘shinlarimiz tomonidan bosib olindi”, deydi Zelenskiy.
Shuningdek, u Rossiyaning Kursk viloyatidagi operatsiya “Putinning haqiqiy niyatini” ko‘rsatganini ta’kidladi.
“Kursk viloyatidagi operatsiyaga qaramay, Rossiya armiyasi o‘zining eng jangovar bo‘linmalari jang qilayotgan Donbassda hujumlarini davom ettirmoqda. Putin Rossiya xavfsizligini ta’minlashdan ko‘ra, Ukrainani bosib olishdan ko‘proq manfaatdor. Uni rus tuprog‘i ham, odamlari ham qiziqtirmaydi”, deydi Zelenskiy.
LiveBarchasi