Ukraina Kurskni bosib olmoqchi emas – TIV
Olam
−
13 avgust
9434Ukraina armiyasi Kursk viloyati hududini bosib olishni rejalashtirmayapti, ukrainaliklarni himoya qilish uchun mintaqaga bostirib kirish kerak. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Tixi ma’lum qildi.
“Rossiya Federatsiyasidan farqli o‘laroq, Ukraina boshqa birovnikiga muhtoj emas. Ukraina Kursk viloyatidagi hududni egallashdan manfaatdor emas, biz o‘z xalqimiz hayotini himoya qilmoqchimiz”, deydi Tixi.
Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainaning Sumi viloyatiga Kursk viloyatidan o‘t ochgan va yoz boshidan buyon mintaqada 2 mingdan ortiq zarba berilgan. Tixining qo‘shimcha qilishicha, Ukraina armiyasida Rossiya raketalari va havo bombalaridan himoyalanish uchun zarur qurollar yo‘q.
"Shuning uchun, xususan, Ukraina Qurolli kuchlari yordamida ushbu chegara hududlarini Ukrainaga zarba berayotgan Rossiya harbiy kontingentlaridan ozod qilish maqsadi bor", deya aniqlik kiritdi Tixi.
Uning tushuntirishicha, Kursk viloyatidagi operatsiya Rossiya qo‘shinlarining Donbassdagi hujumini va logistikani murakkablashtiradi.
Ma’lumot uchun, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya bilan davlat chegarasini buzib o‘tib, 6 avgust kuni ertalab Kursk viloyatida yurishni boshladi. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, 12 avgust holatiga ko‘ra, Ukraina armiyasi Rossiya hududining 1000 km² ga yaqinini nazorat ostiga olgan.
LiveBarchasi