Ukraina Xitoy armiyasini paradda qatnashgani uchun tanqid qildi
Olam
−
13 may
6975Ukraina Xitoy harbiylarini joriy yilning 9 may kuni Ikkinchi jahon urushi ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan Moskvadagi paradda qatnashgani uchun tanqid qildi. Bu haqda “Tencent” xabar berdi.
9 may kuni ko‘plab davlatlar qatori Xitoy harbiy bo‘linmalari ham Moskvadagi Qizil maydonda o‘tkazilgan harbiy paradda qatnashdi. Ushbu harakat ortidan Ukraina rasmiylari Xitoyni “bosqinchini qo‘llab-quvvatlash”da ayblagan.
Ukraina tanqidlariga javoban Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonot berib, Kiyevni tarixni masxara qilish va xalqaro huquq hamda adolatga qarshi chiqishda ayblagan.
“Xitoyning Rossiyada Qizil maydondagi bayramda ishtirok etishi bu – tarixga, shahidlarning xotirasiga va Ikkinchi jahon urushi paytida erishilgan g‘alaba uchun kurashga bo‘lgan hurmat ifodasidir. Xitoy va Rossiya fashizmga qarshi urushda yonma-yon turib kurashgan va bir-birini qo‘llab-quvvatlagan”, deydi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham 9 may kuni bayram tadbirlarida so‘zga chiqib, Xitoy rahbari Si Szinpin bilan birga Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligini Pekinda nishonlashga kelishib olgani ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi