Ukraina xavfsizlik xizmati Ramzan Qodirovni qidiruvga berdi

Olam

image

Ukraina xavfsizlik xizmati Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qidiruvga berdi.  Buni xavfsizlik xizmati ma’lumotlar bazasi tasdiqlaydi. 

U Ukraina Jinoyat kodeksiga ko‘ra, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutuvchi "Agressiv urush yoki tajovuzkor harbiy amaliyotlar" kabi ikkita moddada ayblanmoqda. 

Bir oy oldin xizmat Rossiyaning boshqa yuqori darajadagi fuqarolik va harbiy amaldorlarini qidiruvga bergan edi. Ro‘yxatga 700 ga yaqin kishi kiritilgan, jumladan,  “maxsus harbiy operatsiya” hududidagi qo‘shinlar qo‘shma guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikin, Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin, Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov, Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko va boshqalar. 

Joriy yilning avgust oyida Ukraina xavfsizlik xizmati Ramzan Qodirov va uning yordamchilari “harbiy jinoyatlar”da ayblanganini ma’lum qilgandi. Ukraina xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga Qodirov, uning sobiq yordamchisi, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarining maslahatchisi Daniil Martinov va Ukrainadagi “maxsus operatsiya”da ishtirok etgan "Janubiy" 249-alohida motorli batalonining taktik guruhi komandiri Husayn Mejidov ishtirok etgan harbiy jinoyatlarga oid so‘zsiz dalillar to‘plangan.  

Ukraina xavfsizlik xizmati 2022 yilning fevral-mart oylarida Qodirov ushbu bo‘linmalarning alohida harbiy amaliyotlarini ishlab chiqish va rejalashtirishga rahbarlik qilganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

222

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing