Ukraina karantin choralarini nega yumshatmoqchi?
Olam
−
31 mart 2020
6583Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigalning aytishicha, hukumat mamlakat iqtisodiyotini saqlab qolish uchun karantin choralarini yumshatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ta’kidlanishicha, hozirgi choralar mamlakat iqtisodiyotiga katta zarba berishi mumkin.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat fuqarolarining aksariyati uch oy davomida uyda qolishi mumkin emas. Ukrainaliklar iqtisodiyotni yurgazish uchun pul ishlashlari kerak.
"Ukraina – aholisi olti oy ishlamay divanda televizor tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan boy mamlakat emas", deydi Shmigal.
Vazirning aytishicha, karantinni yumshatish to‘g‘risidagi qaror Ukrainada koronavirus tarqalish dinamikasini kuzatish natijasiga qarab qabul qilinadi. Hozircha, rejada faqat eng muhim iqtisodiy sektorlarda ishni qayta yo‘lga qo‘yish turibdi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada 549 kishi koronavirus bilan kasallangan. Ularning 13 nafari vafot etdi, 8 nafari sog‘aydi.
LiveBarchasi