Ukraina Qrimning bosib olinishini tan olmaydi – Zelenskiy
Olam
−
24 aprel
4068Ukraina, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari kecha, 23 aprel kuni Londonda yig‘ilish o‘tkazdi va o‘z fikrlarini bildirdi, bir-birlarining pozitsiyalariga hurmat bilan munosabatda bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Zelenskiy X’dagi sahifasida yozdi.
“Muhimi shundaki, har bir tomon faqatgina ishtirokchi emas, balki muhim hissa qo‘shdi. Amerika tomoni o‘z qarashlarini bayon etdi. Ukraina va boshqa yevropaliklar o‘z takliflarini taqdim etdi. Va biz umid qilamizki, aynan shunday hamkorlikdagi ish haqiqiy tinchlikka olib keladi. Biz sheriklarimizga minnatdorlik bildiramiz. Ukraina doimo o‘z Konstitutsiyasiga muvofiq harakat qiladi va biz to‘liq ishonchdamizki, bizning sheriklarimiz, xususan, AQSH uning qat’iy qarorlariga muvofiq harakat qiladi”, dedi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida.
Kiyevdagi brifingda Zelenskiy Ukraina hech qanday hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lmasligini va Londondagi ukrain delegatsiyasi faqat o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish shartlarini muhokama qilishini ma’lum qildi, shundan so‘ng Rossiya bilan muzokaralar olib borish mumkin bo‘ladi.
“Ukraina Qrimning bosib olinishini yuridik jihatdan tan olmaydi, bu yerda gap bo‘lishi mumkin emas. Bu bizning Konstitutsiyamizga zid. Bu bizning hududimiz, Ukraina xalqining hududi”, deya ta’kidladi u.
Ukraina Prezidenti o‘z publikatsiyasiga Trampning birinchi ma’muriyatidagi davlat kotibi Mayk Pompeo tomonidan 2018 yilda imzolangan Qrim deklaratsiyasi – Rossiyaning Qrimni anneksiya qilishini tan olmaslik haqidagi bayonotni ham ilova qildi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning Kiyev Qrimning bosib olinishini yuridik jihatdan tan olmasligi haqidagi bayonotini tanqid qildi. Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z postida Tramp bu bayonot “Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga jiddiy zarar yetkazishi”ni, chunki Qrim “ko‘p yillar oldin”, ya’ni Barak Obama prezident bo‘lgan paytda yo‘qotilgani va “muzokaralar mavzusi emas”ligini yozdi.
“Hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni so‘rayotgani yo‘q, lekin agar u Qrimni xohlasa, nega 11 yil oldin, u Rossiyaga bir o‘qsiz berilganda kurashmagan? Aynan shunday qo‘zg‘atuvchi bayonotlar urushni bartaraf etishni qiyinlashtiradi”, dedi Tramp.
Zelenskiy Trampga javoban, Trampning birinchi ma’muriyati paytidagi davlat kotibi Mayk Pompeo tomonidan imzolangan Qrim deklaratsiyasini eslatib o‘tdi, unda Qrimning noqonuniy anneksiya qilingani ta’kidlangan.
Avvalroq g‘arb ommaviy axborot vositalari manbalariga tayanib yozishicha, AQSHning “tinchlik rejasi” doirasida berilgan takliflar Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olish va joriy front chizig‘ini muzlatishni o‘z ichiga olgan.
LiveBarchasi