Ukraina Qozonga dron hujumi uyushtirdi

Olam

image

Bugun, 21 dekabr kuni ertalab Tatariston poytaxti Qozon shahriga Ukraina uchuvchisiz samolyotlari hujum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 21 dekabr kuni ertalab Qozonga Ukraina uchuvchisiz uchoqlari hujum qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqada dam olish kunlari uchun rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar bekor qilingan.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan 7:40 dan 9:20 gacha Ukraina dronlari fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilgan. Hujum uchta to‘lqinda amalga oshirilgan, dronlar turli yo‘nalishlardan kelgan.

Shuningdek, uch uchuvchisiz samolyot havo hujumi vaqtida mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan, yana uchtasi elektron urush tizimlari yordamida yo‘q qilingan. Tatariston rahbari Rustam Minnixanovning matbuot xizmati xabar berishicha, Qozonga sakkizta dron kelishi qayd etilgan.

“Shundan 1 tasi sanoat korxonasi, 1 tasi daryo bo‘yi, 6 tasi turarjoy massivida aniqlandi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Qolaversa, Qozondagi ba’zi maktablardan bolalar evakuatsiya qilingan. Qayd etilishicha, hujum sodir bo‘lgan joyda tezkor shtab joylashtirilgan, aholi evakuatsiya qilingan, vaqtinchalik yashash joylari tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 dekabr kuni Ukraina poytaxti Kiyev va uning atrofidagi hududlar yirik havo hujumiga uchragandi. Poytaxt va unga yaqin hududlarda kamida oltita kuchli portlash haqida xabar berilgan. Borispil xalqaro aeroporti yaqinidagi omborxonada kuchli yong‘in kelib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Qozon Tatariston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing