Ukraina Qora dengizdagi “Rosatom”ga tegishli kemaga zarba berdi
Olam
−
17:53 902 1 daqiqa
Ukraina dronlari Qora dengizda Rossiya Davlat atom korporatsiyasi – “Rosatom”ga tegishli fuqaroviy kemani nishonga oldi va uni cho‘ktirib yubordi. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksey Lixachyov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, hodisa kecha, 31 iyul kuni tunda sodir bo‘lgan. Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallarini tashiyotgan kemaga ikki ukrain droni zarba bergan. Kemadagi 17 nafar ekipaj a’zosining barchasi tirik qolgan. Lixachyov hujumni “dengiz qaroqchiligi va dengiz bosqinchiligi” deb atagan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa X ijtimoiy tarmog‘ida hujumni tasdiqlab, Rossiya bayrog‘i ostida harakatlangan va sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan “Yanina” konteyner kemasi ham nishonga olinganini bildirgan.
“Mudofaa kuchlarimizning aniq zarbalari tufayli u dengiz tubiga ravona qilindi”, degan Zelenskiy.
Ma’lumot uchun, so‘nggi haftalarda Rossiya va Ukraina bir-birining harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotganini da’vo qilgan dengiz kemalariga nisbatan hujumlarni kuchaytirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning Volgograd viloyatidagi energetika ob’ektlaridan biriga hamda Wildberries kompaniyasiga tegishli logistika markaziga zarba bergandi.
Live
Barchasi