Ukraina go‘zali Qrim haqidagi savolga kutilmagan javobni berdi

Olam

image

"Miss Ukraina - 2019" go‘zallik tanlovi g‘olibi Margarita Pasha Qrimning kimlarga tegishli ekani haqidagi savolga g‘ayrioddiy tarzda javob berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Men Qrim barcha odamlarniki ekaniga ishonaman. Yerning butun hududi, barchamizga tegishli", dedi Pasha Uning aytishicha, opasi Feodosiyada yashaydi va bolaligida Margarita yarim orolda ko‘p vaqt dam olgan.

Bir muncha vaqt oldin, Pasha "Dunyoviy hayot" dasturida ukrain tilida intervyu berishdan bosh tortgandan keyin janjalning markazida qoldi. Qizning qarori tufayli uning suhbati dasturda efirga uzatilmadi.

Keyinchalik, Pasha o‘zi xohlagan tilda gaplashishini tushuntirdi. Shu bilan birga, u rus va ukrain tillarini yaxshi bilishini va o‘z mamlakatini sevishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Qrim Margarita Pasha

Baholaganlar

257

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing