Ukraina G‘arbdan 50 tagacha F-16 qiruvchi samolyotlarini olishni kutmoqda

Olam

image

Kiyev G‘arb davlatlaridan 40 dan 50 tagacha F-16 qiruvchi samolyotlarini olishni kutmoqda. Bu haqda bugun, 16 may kuni Ukraina Mudofaa vaziri maslahatchisi Yuriy Sakga tayanib, “Politico” nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev osmonni himoya qilish uchun bu qiruvchilardan uch-to‘rtta eskadron tuzmoqchi. Hozirda Ukrainada Rossiya samolyotlarini to‘xtatadigan vositalar yetarli emas.

"Hamma tushunib turibdiki, mavzu muhokamaga tayyor. Hech kim buning iloji yo‘q, deb aytmaydi. Uch oy oldin biz tanklar olishga harakat qilayotgan bo‘lsak, bugun hamma qiruvchi samolyotlar koalitsiyasi haqida gapirmoqda – bu juda istiqbolli belgi. Tushunamizki, havo hujumidan mudofaamiz F-16 qiruvchi samolyotlarisiz to‘liq bo‘lmaydi”, degan Ukraina mudofaa vaziri maslahatchisi.

Shuningdek, Sak Prezident Vladimir Zelenskiyning qiruvchi samolyotlar masalasi Xirosimadagi G7 sammitida, shuningdek, iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida asosiy masala bo‘lishini istashini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy Yevropa bo‘ylab safari chog‘ida G‘arb yetakchilaridan bu masala yaqin kunlarda muhokama qilinishiga kafolat olgan. Sakning qo‘shimcha qilishicha, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya Kiyevga taklif qiladigan F-16 samolyotlariga ega bo‘lmasada, ular AQSH va Turkiyani bunga chaqirishlari mumkin.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi esa AQSH Ukrainaga F-16 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini yetkazib bermaslik haqidagi qarorini hali o‘zgartirmaganini aytgan.

O‘z navbatida, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ba’zi yevropalik mavqedoshlari Kiyevni Amerika F-16 qiruvchi samolyotlari bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqqanini ta’kidlagan. Biroq, G‘arb harbiy aviatsiyani Kiyevga o‘tkazish g‘oyasini kamdan-kam izohlamoqda va Ukraina rasmiylarining o‘zlari bu tez sodir bo‘lmasligini tan olmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qiruvchi samolyot Ukraina F-16 Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing