Ukraina FETOning ikki faolini Turkiyaga topshirdi

Olam

image

Ukraina Turkiya tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan ikki shaxsni Anqaraga topshirdi. Qayd etilishicha, ular mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning asosiy dushmani – Fathulloh Gulen rahbarligidagi FETO terrorchilik guruhining faol ishtirokchilari bo‘lgan. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Ilgari Solih Fidan Iroqning Bag‘dod shahrida, Samit Gyure esa Erbil shahrida FETOning uyalarini boshqargan. 

Anqara maxsus ishlar bo‘yicha birinchi sudining qaroriga binoan FETO tashkilotining ikki xodimi ham xalqaro qidiruvga berilgan. 

Turkiya Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar Solih Fidan va Samit Gyure  Ukrainaning Polsha bilan chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan paytda qo‘lga olingan.

Ukraina rasmiylari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida ikkala terrorchi ham Turkiya tomoniga topshirilib, Anqaraga olib ketilgan.  

Qo‘lga olingan shaxslar Anqara prokuraturasi huzuridagi Terrorizmga oid jinoyatlarni tergov qilish bo‘limida so‘roqqa olingan.  

Ma’lumot o‘rnida, 2016 yilning 15 iyul kuni Turkiyaning Anqara va Istanbul, Marmaris shaharlarida qurolli kuchlar, ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmatiga o‘rnashib olgan FETO tashkiloti a’zolari davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar. Biroq, bu urinish kutilgan natija bermadi. Xalqning irodasi, davlatga ega chiqishi natijasida to‘ntarish bostirildi. Shundan buyon mamlakatning ko‘plab sohalarida faoliyat yuritayotgan va FETOga a’zolikda ayblangan minglab shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 

Davlatga qarshi to‘ntarishga urinishi chog‘ida 251 kishi vafot etgan. 

Ayni vaqtda FETO terrorchilik tashkiloti rahbari Fathulloh Gulen AQSHning Pensilvaniya shtatida yashaydi. Turkiya bir necha bor AQSHdan uni ekstraditsiyasi qilishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya FETO

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing