Ukraina elchisi Germaniyaning Kiyevga qurol yetkazib berish tezligini sharmandalik deb atadi

Olam

image

Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnik Germaniya hukumatini Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish sur’ati sustligi uchun yana bir bor tanqid qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter safisida yozib qoldirgan. 

“Berlin haligacha Kiyevga tank jo‘natmagani uchun “tarixda qoladi”. Bu sharmadalik”, deb yozgan Melnik.

Shu bilan birga, Melnik “El País” gazetasiga ma’lum qilishicha, Ispaniya hukumati Ukrainaga og‘ir qurollar, jumladan, tanklar va zenit-raketalarni yetkazib berishga tayyor.

Aytish joizki, Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnik Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishdagi kechikishlar tufayli Germaniya kansleri Olaf Sholsni qarorsizlikda ayblagandi

U bundan avval ham Olaf Sholsni Ukrainaga borishdan bosh tortgani uchun “arazlagan kolbasa” deb atagandi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Olaf Shols og‘ir qurollar yetkazib berish masalasida Berlin juda sust ekani haqidagi ayblovlarni bir necha bor rad etgan. 

Joriy yilning 1 iyun kuni Shols Germaniya Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etishini, xususan, IRIS-T havo mudofaa tizimlarini yuborishini aytdi. Shuningdek, u Gollandiya bilan kelishilgan holda, Germaniya Kiyev ma’muriyatiga 12 ta PzH 2000 gaubitsalarini yuborishini va ukrainalik askarlarni hozirda ulardan foydalanishni o‘rganayotganini eslatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

418

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing