Ukraina droni Kurskdagi ma’muriy binoga hujum qildi
Olam
−
24 sentabr 2023 7662 1 daqiqa
Ukraina Qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchish apparati Kurskdagi ma’muriy binoga hujum qildi. Bu haqda Ukrainaning “Liga net” nashri Bosh razvedka boshqarmasidagi manbaga tayanib xabar berdi.
Rossiyaning Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt o‘zining Telegram-kanalida Ukraina uchuvchisiz uchog‘i shahardagi ma’muriy binoga hujum qilganini ma’lum qilgan. Mahalliy aholi ham Kurskda qator portlashlar sodir bo‘lganini bildirgan.
Starovoytning qo‘shimcha qilishicha, tezkor xizmatlar voqea joyiga yetib borgan.
"Rossiya rasmiylarining xabar berishicha, hujum go‘yoki tomga ozgina zarar etkazgan. Ammo bu unday emasligi aniq”, deyiladi “RBK-Ukraina” internet-nashri tarqatgan ma’lumotda.
Ukrainaning razvedka xizmati hali Kurskdagi hujumni rasman tasdiqlaganicha yo‘q.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust