Ukraina Daniyadan F-16 samolyotlarining ikkinchi partiyasini oldi

Olam

image

F-16 qiruvchilarining ikkinchi partiyasi Ukrainaga Daniyadan yetib keldi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Ukraina uchun Daniyadan kelgan F-16 samolyotlarining ikkinchi partiyasi allaqachon mamlakatda", deb yozdi u daniyaliklarga minnatdorlik bildirib.

Zelenskiy Kiyev qancha samolyot olganiga aniqlik kiritmadi.

Noyabr oyida Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen 6 ta F-16 qiruvchi samolyoti Ukrainaga topshirilgani va yana 13 ta samolyot yetkazib berish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni Zelenskiy Vashington shahridagi Reygan institutida Ukraina mudofaasi uchun 128 ta F-16 qiruvchi samolyot kerakligini aytgandi. Zelenskiy NATO tomonidan Ukrainaga va’da qilingan F-16 qiruvchi samolyotlarining soni juda kamligi, shuningdek, ular juda kechikayotganligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina F-16 Daniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing