Ukraina bo‘yicha muzokaralar qachon va qayerda davom etishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
19 mart 7088 2 daqiqa
Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarining navbatdagi bosqichi 23 mart, yakshanba kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokarada AQSH tomonidan Davlat kotibi Marko Rubio va Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts ishtirok etadi. Tadbir davomida 18 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni batafsil muhokama qilish rejalashtirilgan.
Uitkoffning ta’kidlashicha, yaqinda energetika va infratuzilma sohalarida o‘t ochishni to‘xtatish hamda Qora dengizda otishmalarni taqiqlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Uning fikricha, bu qadamlar to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashtiradi.
“Gap shundaki, biz yaqin-yaqingacha energetika va infratuzilma sohalarida o‘t ochishni to‘xtatish yoki Qora dengizda o‘q uzishni taqiqlash bo‘yicha konsensusga ega emas edik. Bugun biz ushbu mavzularga yaqinlashmoqdamiz va menimcha, to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga ulardan uzoq emas”, dedi Uitkoff.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot o‘tkazilib, liderlar Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan batafsil va ochiq fikr almashuvni davom ettirgandi.
Live
Barchasi