Ukraina bu urushda g‘alaba qozona olmaydi – Orban

Olam

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaning Rossiya agressiyasini qaytarishga qaratilgan sa’y-harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga va G‘arbning keyingi yordami ko‘proq qurbonlarga olib kelishiga ishonchi komil. Bu haqda u “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi, lekin gap kim kimga bostirib kirganida emas, ertaga nima bo‘lishida. Borgan sari ko‘proq odamlar o‘ladi va bu ikkala tomon uchun ham g‘alaba qozonish imkoniyati emas. Hissiy jihatdan bu fojiali, butun qalbimiz ukrainaliklar bilan. Lekin men hayotni saqlab qolishi kerak bo‘lgan siyosatchi sifatida gapiraman: bu urushda g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q”, deydi Orban.

Bu so‘zlar Orbanning Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga 500 million yevro miqdoridagi moliyaviy yordam transhini bloklash haqidagi qarori kontekstida aytilgan.

Shuningdek, Orban zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirganini yana bir bor ta’kidlagan. Bu Ukrainada va Kiyevning hamkorlari orasida taslim bo‘lishga chaqirish bilan barobar ko‘riladi.

Orbanning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuv tuzgandagina harbiy harakatlar to‘xtashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing