Ukraina Bosh vaziri iste’fo berdi

Olam

image

Ukraina Bosh vaziri Aleksey Goncharuk iste’foga chiqishi haqida ariza yozib uni mamlakat Prezident Vladimir Zelenskiyga topshirdi.

"Prezidentga hurmat va ishonchimizga shubha qoldirmaslik uchun men iste’foga chiqish haqida ariza yozdim va Prezidentga topshirdim", degan Goncharuk.

Zelenskiy ofisida ariza qabul qilingani va ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Aleksey Goncharuk 2019 yilning 29 avgustidan beri mamlakat Bosh vaziri vazifasini bajarayotgandi. Ungacha Goncharuk Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Goncharukning iste’foga chiqish sababi hozircha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

iste'fo Ukraina Aleksey Goncharuk

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing