Oltin va qimmatbaho toshlar erkin savdoga chiqariladi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda oltin yombilarini sotish apparatlari o‘rnatilishi mumkin north_east

O‘zbekistonda oltin yombilarini sotish apparatlari o‘rnatilishi mumkin

Endi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat egaligida bo‘lgani singari yuridik va jismoniy shaxslar egaligida ham bo‘lishi mumkin. Bu haqda parlament Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi” qonun loyihasini muhokama qilgan.

Yangi qonun loyihasi ushbu sohada qimmatbaho metallar, toshlarni qazib olish, ularni affinaj qilish, zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va tamg‘alash, davlat organlarining vakolatlari, qimmatbaho metallar va toshlarga egalik huquqlarining vujudga kelishi, sohada ruxsat etish tizimi asoslari ko‘rsatib o‘tilgan.

Loyihada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat egaligida bo‘lgani singari yuridik va jismoniy shaxslar egaligida ham bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu loyihaning qabul qilinishi sohada bir qator ijobiy natijalarni beradi. Jumladan, iqtisodiyot tarmoqlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasidagi faoliyatni amalga oshirishning mustahkam huquqiy asosi yaratiladi. Loyiha bilan qimmatbaho metallarning erkin muomalasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu esa, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qimmatbaho metallarga xom ashyo sifatida bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiquvchilardan yoki birjadan sotib olish imkoni yaratiladi.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida davlat organlarining vakolatlari aniq belgilanadi. Bu qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish, iste’molchilarning huquqlari kafolatlanishi, halol tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.

Shuningdek, loyiha qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash tartibini soddalashtirishni nazarda tutadi. Unga qimmatbaho metallar va toshlarga egalik huquqini nazarda tutuvchi normalar kiritilgan bo‘lib, bu qimmatbaho metallarga oddiy tovar sifatida qarash, tadbirkorlik sub’ekti yoki jismoniy shaxslar ham ularga egalik qilish, o‘rnatilgan tartibda erkin tasarruf etish imkonini beradi.

Mazkur qonun loyihasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlik sub’ektlariga o‘zlari ishlab chiqargan zargarlik buyumlariga o‘zlari ishlab chiqaruvchi tamg‘asi bilan tamg‘alash huquqi ham bermoqda.

Shu tariqa sohada davlat organlari hamda boshqa ishtirokchilarning vakolatlari va javobgarlik sohasini aniq chegaralash, ushbu soha faoliyatini xufiyona iqtisodiyotdan chiqarish, tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratish hamda raqobat muhitini yaxshilashga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, kelgusida sohada tenglik muhitni yaratish, mahsulotlarning tannarxini tushirish, tadbirkorlik sub’ektlari uchun ko‘proq erkinlik va imkoniyat berish asosida yangi ish joylarini tashkil etish hamda soliq tushumlari miqdorini ko‘paytirishga sharoit yaratadi.

Ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

qonun loyihasi qimmatbaho metal

Baholaganlar

38

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing